“Ipak yoʻlining eng katta diqqatga sazovor joylari Oʻzbekistonda joylashgan boʻlib, Markaziy Osiyoning ushbu mamlakati sayyohlar uchun mintaqadagi eng xilma-xil turar joy variantlariga ega, qishloq uy lagerlaridan tortib YuNESKO roʻyxatiga kiritilgan eski shaharlardagi mehmonxonalargacha”.
AQSh eng yirik “National Geographic” internet nashrlarida (www.nationalgeographic.com) O‘zbekistondagi joylashtirish vositalari haqida materiallar chop etildi.
Ma’lumot uchun “National Geographic” AQSh Milliy geografiya jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan badiiy bo‘lmagan filmlarni namoyish etadigan Amerika televizion tarmog’i hisoblanadi. Kanal hujjatli filmlarni efirga uzatadi, ularning asosiy mazmuni ko‘pincha fan, tabiat, madaniyat, tarix va kashfiyotlar bilan bog‘liq.
“O‘zbekistonda qolish uchun eng yaxshi 7 ta joy” nomli maqolada O‘zbekistondagi joylashtirish vositalari, jumladan, “MIRZO Boutique HOTEL”, “Malika Hotel In Samarkand”, “Bahodir B&B Samarkand”, “Minzifa Inn Bukhara”, ‘Meros B& Khiva’, “Nuratau Homestays”, “Desert Yurt Camps” mehmonxonalari haqida yoritilgan.
Mehmonxonalarning joylashgan joyi, kelib chiqish tarixi, ko‘rsatiladigan xizmat turlari, an’anaviy o‘zbek uslubida bezatilgan dizayni, Aydarko‘l ko‘li, Qizilqum cho‘li haqida etib o‘tilgan.