Ma’lumki, joriy yilning 11-noyabridan boshlab joylashtirish vositalari uchun talablarni belgilovchi yangi davlat standarti joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Endilikda joylashtirish vositalarini sertifikatlash O‘zDSt 3220 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standarti asosida amalga oshiriladi.
Yangi davlat standartiga qo‘shimcha atamalar, jumladan, kurort (resort), madaniy meros ob’yektlari tushunchalari kiritildi.
Joylashtirish vositalarining turlari va xillariga ham o‘zgartirishlar kiritildi, jumladan bolalar va o‘smirlarning dam olishi, sog‘lig‘ini tiklashi va bo‘sh vaqtini tashkillashtirish uchun joylashtirish vositalari ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari turidan chiqarib tashlandi.
Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar erkin harakatlanishini ta’minlash maqsadida binoga kirishda pandus tashkil qilish talabi kiritildi, avtoturargohda avtomobillar uchun joy soni nomer fondini 10 foizdan 5 foizga qisqartirildi, nomerlardagi sanuzellar maydoni 2 m2 gacha qisqartirildi.
Bundan tashqari apartament va studiya kabi nomerlarning minimal maydonlari kiritildi.
O‘zDSt 3220 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standartiga kiritilgan boshqa o‘zgartirishlar bilan https://lex.uz/docs/6568019 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

