O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-son qaroriga muvofiq mahalliy va xorijiy fuqarolarning Respublika hududi boʻylab harakatlanishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartiblarga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Endilikda joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan barcha shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehmonxonalar, tibbiyot muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va boshqa muassasalarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida, mazkur muassasalar ma’muriyati tomonidan “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish orqali hisobdan o‘tkazishlari shart.
Hisobdan o‘tkazish avvalgidek 12 soat ichida emas, balki mehmonlarning ushbu joylashtirish vositasida bo‘lish muddatidan va kelish davriyligidan qat’iy nazar, ular kelib joylashgan vaqtda amalga oshiriladi.
Mehmonxonalar, tibbiyot muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar rahbarlaridan mazkur tartibga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibidagi o‘zgarishlar
20 Avgust 2024

