Sayyohlik sanoati butun dunyoda yana jadal rivojlanmoqda. Sayyohlar orasida sayohat qilishning yangi usullari tobora koʻproq mashhur boʻlib bormoqda. Koʻplab sayyohlar avtomobillarda sayohat qilishadi va karvonda yurish yanada ommalashib bormoqda.
Karvonda yurish - turar joy va ovqatlanish vositasi sifatida avtomashinadan foydalaniladigan sayyohlik turi hisoblanadi. Bu avtouy, tunash uchun moslashtirilgan treyler, chodirli treyler boʻlishi mumkin. Karvonda yurish - bu avtoturizmning bir turi boʻlib, odamlar avtomobillarda yoki treylerlarda yashab sayohat qiladilar. Turizmning bu turi XX asrning 30-yillarida amerikalik muhojirlar tomonidan eng qisqa vaqt ichida shahardan shaharga qulay harakatlanish uchun oʻylab topilgan.
Sayohatga chiqayotganda, sayyoh oʻzi bilan ta’tilda kerak boʻladigan barcha narsalarni (changʻi, qayiq yoki velosiped) olib ketishi mumkin. Shu bilan birga, u yukining hajmi va ogʻirligi haqida qaygʻurmasa ham boʻladi. Turizmning bu turi sayohat xarajatlarini bir necha marta kamaytirishga hamda poyezd va samolyotlar jadvalidan mustaqil bo‘lishga imkon berishi bilan yaxshidir, o‘zingiz bilan esa kerakli hamma narsani treylerda olib ketishingiz mumkin.
Avtomobildagi uy buyumlar va jihozlarni tashish, odamlarni tashish, sayyohlarni qulay turar joy bilan ta’minlash kabi turli muammolarni hal qiladi. Avtomobildagi uylar qulay sayohat uchun zarur boʻlgan barcha narsalar bilan jihozlangan boʻladi. Yotoqxona, hojatxona va oshxona har doim “oʻzingiz bilan”. Televizor va hatto internetga ega mobil uylar ham mavjud. Ba’zi avtomobildagi uylar elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh generatorlari bilan ham jihozlangan. Shu sababli, avtomobildagi uylar faol dam olishni tashkil qilishning universal usuli hisoblanadi.

