Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani Orol dengizi sohilida joylashgan yangi “ARAL PLAZA” kurorti (resort) joylashtirish vositasi sertifikatlashtirildi.
“ARAL PLAZA” kurorti (resort) “VISHE KRISHI TASHKENT” MChJ ga tegishli bo‘lib, 100 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan 2 ta korpus 16 ta nomer, 9 ta oʻtovdan iborat.

“ARAL PLAZA” – bu shahar shovqinidan yiroqda joylashgan tabiiy go‘zallik va atrof-muhitga do‘stlik bilan uyg‘unlashtirilgan, yashash uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan turar joyning keng tanlovi shinam xonalar, milliy qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan yurtalar, ochiq osmon ostida tunash, eko turizm ixlosmandlari uchun yovvoyi tabiat bilan yuzma-yuz uchrashish imkoniyati, noyob sarguzasht va kashfiyotlar muhiti, ijodkorlar uchun ilhom manbai, ekstremal turizmni sevuvchilar uchun voha bo‘ylab kvadrotsiklda sayohat, dengizda cho‘milish va dengiz uzra katerda suzish imkoniyati, shuningdek kun bo‘yi sarguzashtdan so‘ng charchoq hissini yo‘qotuvchi spa zonasi, gurmanlar uchun o‘ziga xos gastronomiya, turli xildagi o‘yin-kulgi va tadbirlar, xullas dam olishni juda keng qamrovini hamda malakali xodimlar xizmatini o‘zichiga olgan ajoyib dam olish maskanidir.
Kompleksda joylashtirishdan tashqari quyidagi qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi.
-
Transfer xizmati (Nukus aeroportidan “ARAL PLAZA” kompleksiga);
-
-
Bar (turli xildagi ichimliklar);
-
-
Restoran (3 mahal issiq ovqat);
-
-
SPA zona (sauna, basseyn);
-
-
Ekskursiya va tur xizmati (kvadratsiklda safari sayohati, Mo‘ynoq shahri, Ustyurt kanyonlari va ko‘chmanchilar qabriga yo‘l);
-
-
Sport (volleybol, plyaj futboli, kamondan otish va b);
-
-
Katerda suzish
-
-
Jonli yovvoyi tabiat (tulki, quyon, oqqush, o‘rdak, g‘oz, pushti rangli flamingolar)
-
-
Tibbiy xizmat va boshqa mehmonlar uchun qulayllik yaratuvchi xizmatlar.


