ГУП «Центр сертификации туристских услуг» в Ташкенте – В соответствии Законом Республики Узбекистан «О туризме» сертификация туристской деятельности носит обязательный характер.
«Turizm xizmatlarini
sertifikatlash markazi» DM
+998-95-199-15-01
Dushanba – Juma:  9:00 - 18:00 
Bosh sahifa
Markaz haqida
  • Vazifalar va funktsiyalar
  • Rahbariyat
  • Tashkiliy tuzilma
  • Yuqori turuvchi tashkilot
  • Bo‘limlar
  • Sertifikat va pasportlar
  • Tashkilot faoliyati
  • Baholash tartib-taomillari
Matbuot xizmati
  • Yangiliklar
  • Intervyular
  • OAV biz xaqimizda
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
  • So'rovnoma
Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
  • Qonunlar
  • Prezident Farmon va Qarorlari
  • Hukumat qarorlari
Standartlar
Bizning xizmatlar
Biz bilan bog‘lanish
    ГУП «Центр сертификации туристских услуг» в Ташкенте – В соответствии Законом Республики Узбекистан «О туризме» сертификация туристской деятельности носит обязательный характер.
    Bosh sahifa
    Markaz haqida
    • Vazifalar va funktsiyalar
    • Rahbariyat
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yuqori turuvchi tashkilot
    • Bo‘limlar
    • Sertifikat va pasportlar
    • Tashkilot faoliyati
    • Baholash tartib-taomillari
    Matbuot xizmati
    • Yangiliklar
    • Intervyular
    • OAV biz xaqimizda
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • So'rovnoma
    Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident Farmon va Qarorlari
    • Hukumat qarorlari
    Standartlar
    Bizning xizmatlar
    Biz bilan bog‘lanish
      ГУП «Центр сертификации туристских услуг» в Ташкенте – В соответствии Законом Республики Узбекистан «О туризме» сертификация туристской деятельности носит обязательный характер.
      • Shaxsiy kabinet
      • Bosh sahifa
      • Markaz haqida
        • Назад
        • Markaz haqida
        • Vazifalar va funktsiyalar
        • Rahbariyat
        • Tashkiliy tuzilma
        • Yuqori turuvchi tashkilot
        • Bo‘limlar
        • Sertifikat va pasportlar
        • Tashkilot faoliyati
        • Baholash tartib-taomillari
      • Matbuot xizmati
        • Назад
        • Matbuot xizmati
        • Yangiliklar
        • Intervyular
        • OAV biz xaqimizda
        • Fotogalereya
        • Videogalereya
        • So'rovnoma
      • Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
        • Назад
        • Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
        • Qonunlar
        • Prezident Farmon va Qarorlari
        • Hukumat qarorlari
      • Standartlar
      • Bizning xizmatlar
      • Biz bilan bog‘lanish
      • +998-95-199-15-01
      100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 18-uy (mo‘ljal: “Oybek” metro bekati)
      sertifikaciya.turizm@mail.ru

      • Matbuot xizmati
      • Yangiliklar
      • YUNESKO konferensiyasi: globallashuv davrida madaniy meros obyektlarini asrash va rivojlantirish tashabbuslari

      YUNESKO konferensiyasi: globallashuv davrida madaniy meros obyektlarini asrash va rivojlantirish tashabbuslari

      YUNESKO konferensiyasi: globallashuv davrida madaniy meros obyektlarini asrash va rivojlantirish tashabbuslari
      3 Noyabr 2025

      Global iqlim o‘zgarishlari nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va ijtimoiy-siyosiy hayotiga, balki tabiiy landshaftlar hamda madaniy meros ob’yektlariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois tarixiy obidalarni asrash va avloddan-avlodga yetkazishda davlat hamda jamiyatning roli beqiyos ahamiyat kasb etadi.

      O‘zbekiston bu yo‘nalishda muhim yutuqlarga erishmoqda. Davlat rahbarining tarixiy merosni muhofaza qilish va rivojlantirishga qaratilgan farmon hamda qarorlari, ularning ijrosini ta’minlashga xizmat qilayotgan dasturlar, shuningdek YUNESKO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar buning yorqin misolidir. Ushbu tadbirlar orqali obidalarni tiklash, ularni xalqaro miqyosda targ‘ib etish va kelajak avlodga yetkazish imkoniyati yaratilmoqda.

      Ma’lumki, mamlakatimizda 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lib, ularning katta qismi XIX–XX asrlarga oid. Tarixiy yodgorliklar atrofidagi ekologik muhitni muhofaza qilish, ularga zarar yetkazmaslik va doimiy monitoringni yo‘lga qo‘yish bu ob’yektlarni barqaror saqlash imkonini beradi.

      Globallashuv sharoitida O‘zbekiston mintaqaning ekologik jihatdan zaif hududida jadal taraqqiyot bosqichini o‘tmoqda. Bu jarayon madaniy merosni asrash borasidagi tizimli va maqsadli ishlar orqali yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

      3.jpg

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimida iqlim o‘zgarishi sharoitida madaniy merosni muhofaza qilish borasida o‘zaro hamkorlik tashabbuslarini ilgari surdi.

      Davlat rahbari o‘z nutqida shunday dedi:

      “Atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondashib, “yashil” dasturlarni samarali tatbiq etayotgan shaharlarni rag‘batlantirish maqsadida “YUNESKOning Ekologik poytaxti” global tashabbusini ilgari surish taklifini bildiramiz. Shuningdek, YUNESKO Ijroiya Kengashining “Globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha choralarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish tarafdorimiz. Mazkur masala bo‘yicha Xiva shahrida xalqaro simpozium o‘tkazishga tayyormiz”.

      Bu tashabbuslar nafaqat O‘zbekiston, balki butun jahon hamjamiyati uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki mamlakatimiz tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalar xalqaro darajada qo‘llab-quvvatlanmoqda va keng e’tirof etilmoqda.

      Shuningdek, 31-oktabr kuni Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasi hududida 1,2 gektar maydonga 564 tup daraxt va butalar ekilib, yangi “Yashil bog‘” barpo etildi. U “Silk Road Samarkand” turistik markazi yaqinida, Zarafshon daryosi sohilida joylashgan bo‘lib, dam olish, ma’rifat va xalqaro do‘stlik ramziga aylanishi ko‘zda tutilgan.

      7.jpg

      “Yashil bog‘” shunchaki ko‘kalamzor emas — u zamonaviy ekologik innovatsiyalar markazi sifatida tashkil etilmoqda. Bu yerda suvni tejaydigan tomchilatib sug‘orish tizimlari, quyosh panellari, energiya tejovchi nasoslar, yomg‘ir suvini yig‘ish va qayta foydalanish tizimlari joriy etiladi. Yo‘lak va o‘rindiqlar mahalliy tabiiy materiallardan tayyorlanib, shahar muhitidagi haroratni pasaytirishga xizmat qiladi.

      YUNESKOning 80-yilligi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab ramziy ma’noda 80 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi ham rejalashtirilgan. Bu tashabbus shaharlar ko‘rkini oshirish bilan birga, ekologik muvozanatni saqlashga ham xizmat qiladi.

      “Yashil bog‘” loyihasi YUNESKO qadriyatlariga hamohang holda O‘zbekistonning ekologik yetakchiligi, madaniy boyligi va global hamjihatlikka sodiqligini namoyon etadi. U Samarqand va mamlakatimiz uchun barqaror rivojlanishning tirik ramzi — kelajak avlodlar uchun sof havo, go‘zal tabiat va ma’naviy makon sifatida xizmat qiladi.

      Xulosa qilib aytganda, qari va doimo navqiron Samarqand shahrida o‘tayotgan YUNESKO konferensiyasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa davlatlarining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

      Oxirgi yangiliklar
      “MOVENPICK TASHKENT OLD CITY” mehmonxonasi sertifikatlashtirildi
      01 Aprel “MOVENPICK TASHKENT OLD CITY” mehmonxonasi sertifikatlashtirildi 82
      Overturizm: muammolar va barqaror rivojlanish yo‘llari
      31 Mart Overturizm: muammolar va barqaror rivojlanish yo‘llari 70
      Xalqaro vа davlatlararo standartlashtirish sohasida malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda
      27 Mart Xalqaro vа davlatlararo standartlashtirish sohasida malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda 135
      Sifat menejmenti tizimi uchun tashqi yechimlar:  zamonaviy yondashuvlar va afzalliklar
      26 Mart Sifat menejmenti tizimi uchun tashqi yechimlar: zamonaviy yondashuvlar va afzalliklar 102
      Yangi inspeksiya rejasi tasdiqlandi
      25 Mart Yangi inspeksiya rejasi tasdiqlandi 92
      “MUSTAFA HOTEL” mehmonxonasi sertifikatlashtirildi
      18 Mart “MUSTAFA HOTEL” mehmonxonasi sertifikatlashtirildi 104
      Arxivlar
      2026
      2025
      2024
      2023
      2022
      2021
      2020

      Ulashish
      Yangiliklarga qaytish
      Markaz haqida
      Vazifalar va funktsiyalar
      Rahbariyat
      Tashkiliy tuzilma
      Yuqori turuvchi tashkilot
      Bo‘limlar
      Sertifikat va pasportlar
      Tashkilot faoliyati
      Baholash tartib-taomillari
      Bo‘limlar
      Sertifikatlashtirish bo‘limi
      Inspeksiya nazorati bo‘limi
      Standartlashtirish bo‘limi
      Menejment tizimlarini sertifikatlash boʻlimi
      Xizmatlar
      Turoperatorlar sertifikati
      Joylashtirish vositalarini sertifikatsiyalash
      Tog‘ chang‘isi trassalari sertefikatsiyasi
      Сертификация пляжей
      Menejment tizimini sertifikatlash
      Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
      Qonunlar
      Prezident Farmon va Qarorlari
      Hukumat qarorlari
      Standartlar
      Biz bilan bog‘lanish

      +998-95-199-15-01 Sertifikatlashtirish bo‘limi
      +998-95-199-15-04 Inspeksiya nazorati bo‘limi
      +998-95-199-15-07 Buxgalteriya bo‘limi
      Dushanba – Juma:  9:00 - 18:00 
      100015, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 18-uy (mo‘ljal: “Oybek” metro bekati)
      sertifikaciya.turizm@mail.ru

      sert_tourism@exat.uz

      © 2026 Barcha huquqlar himoyalangan.
      Qo'ng'iroq buyurtma qilish

      Siz bilan bog'lanishimizni xohlaysizmi