Tashkilotning muvaffaqiyatli ishlashi uchun uning faoliyatini yoʻnaltirish va tushunarli tarzda tizimli rahbarlikni amalga oshirish kerak. Bunga sifat menejmenti tizimini joriy etish va uni yanada qoʻllab-quvvatlash orqali erishish mumkin.
Sifat menejmenti tizimi (SMT) sifatni boshqarish uchun zarur boʻlgan tashkiliy tuzilma, jarayonlar va resurslar, metodlar toʻplami sifatida qaralishi mumkin. U ichki va jahon bozorlarida faoliyatni qoʻllab-quvvatlash (yaxshilash) va tashkilotning raqobatbardoshligini oshirish uchun nazarda tutiladi.
Muvaffaqiyat va tegishli natijalarga erishish maqsadida tashkilotlar monitoringni amalga oshiradilar, bu oʻz-oʻzidan ISO 9001 standarti asosida SMT modelining fundamental asosidir.
Monitoring - bu boshqaruv obyektidagi oʻzgarishlarni tahlil qilish va kuzatish texnologiyasi boʻlib, u doimiylik va muntazamlik bilan tavsiflanadi va butun boshqaruv davri davomida amalga oshiriladi. Bugungi kunda monitoring obyektlari siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar boʻlishi mumkin. Monitoringning yangi roli strategik rejalashtirishning paydo boʻlishi va tarqalishi bilan oʻrnatiladi.
Sifat menejmenti tizimini tekshirish nafaqat natijalarning oʻzaro bogʻliqligini doimiy ravishda kuzatib borish, balki yuzaga keladigan salbiy tendentsiyalarga javob berish imkonini beradi.
SMT monitoringi shartli ravishda quyidagi jarayonlarga boʻlinishi mumkin: SMT hujjatlarini tahlil qilish; yuqori rahbaruyat tahlili; resurslarni boshqarish monitoringi; xizmatlarni monitoring qilish; xaridlarni monitoring qilish; takomillashtirish jarayonlarini monitoring qilish; iste’molchilarning qoniqish koʻrsatkichlari.
SMT monitoringi jarayonlari uchun tashkilot quyidagilarni rejalashtirishi va amalga oshirishi kerak:
* sifat menejmenti tizimining muvofiqligini ta’minlash;
* xizmatlarning muvofiqligini namoyish etish;
* SMT samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega boʻlish.
Ushbu harakatlar tegishli usullarni, shu jumladan statistik usullarni va ularni qoʻllash sohasini aniqlashni oʻz ichiga olishi kerak.

