Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi qoshidagi STQ 4 “Turizm sohasida standartlashtirish” texnik qo‘mitasi tomonidan O‘zMSt 190:2024 “Turizm xizmatlari. Glempinglar va o‘tovlar. Tasniflash tizimi” milliy standarti ishlab chiqildi. Mazkur milliy standart O‘zbekiston standartlar institutining 2024-yil 19-iyundagi 20/MSt-son buyrug‘i bilan davlat ro‘yxatiga olindi. Ushbu standart dastlabki amalga kiritilmoqda.
O‘zMSt 190:2024 milliy standarti glempinglar va o‘tovlarni tasniflash tizimini belgilaydi.
Glempinglar va o‘tovlarni toifalar bo‘yicha tasniflash quyidagilarga doir talablar majmuiga asoslangan:
-
konstruksiyalar va unga tutash hudud;
-
-
texnik jihozlar va asbob-uskunalar;
-
-
nomerlarning sanitar-gigiyenik jihozlanganligi;
-
-
nomerlarning texnik jihozlanganligi;
-
-
nomerlarni mebel va inventar bilan jihozlanganligi;
-
-
umumiy foydalanish uchun sanitariya obyektlari;
-
-
jamoat joylari;
-
-
xizmatlar;
-
-
ovqatlanish xizmatlari;
-
-
xodimlar va ularning tayyorgarligiga doir talablar.
Tasniflash tizimi lotin xarflar bilan belgilanib A, B, va C toifadan iborat bo‘ladi. Eng yuqori toifa «A», o‘rta toifa «B» va eng past «C» toifa hisoblanadi.
Mazkur milliy standart joriy yilning 19-avgust sanasidan amalga joriy etiladi. Standart bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://tourquality.uz/upload/iblock/75c/rmka5kgupax6969b6sdl81j8xts2vf3f.pdf

