Mamlakatimiz Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ–348-sonli qarori bilan O‘zbekiston turizmini 2030-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha quyidagi strategik maqsadlar belgilandi:
a) turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkazish;
b) chet ellik turistlar yillik sonini amaldagi 10 million nafardan 20 million nafargacha oshirish, jumladan, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan turistlar oqimini ko‘paytirish;
v) turizm xizmatlari yillik eksporti hajmini 6 milliard AQSH dollaridan oshirish;
g) O‘zbekistonning turistik shaharlari o‘rtasidagi transport bog‘lanishini yaxshilash, ichki aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish hamda yo‘lga sarflanadigan vaqtni kamida 3 baravarga qisqartirish;
d) 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar sonini 2 baravarga oshirish;
j) turistik xizmatlar va mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali respublikaning turistik salohiyatini to‘liq ishga solish;
z) jahonda keng taniladigan O‘zbekistonning yagona turistik brendini yaratish hamda milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish uchun yangi instrumentlarni joriy etish.
Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining yangi bosqichi
20 Yanvar 2026

