2026-yil yanvar oyi uchun joylashtirish vositalarida o‘tkaziladigan nazorat ishlari rejasi tasdiqlandi. Rejaga muvofiq, 80 ta obyektda inspeksiya nazorati o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 49-bandiga asosan, sertifikatlashtirilgan xizmatlar bo‘yicha nazorat rejasi Turizm qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi.
Ushbu nazorat sertifikatlashtirish jarayonida belgilangan me’yoriy hujjatlarga muvofiqlikni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan davriy baholash hisoblanadi.
Tekshiruv jarayonida joylashtirish vositalari O‘zDSt 3220:2023, toifaga ega obyektlar esa O‘zMSt 125:2024 standartlari bo‘yicha baholanadi.
Natijalarga ko‘ra, belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda, sertifikat amal qilishini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilinadi.
2026-yil uchun dastlabki nazorat rejasi e’lon qilindi
13 Yanvar 2026

