Sifat, xavfsizlik va xizmat koʻrsatish muhim ahamiyatga ega boʻlgan restoran biznesida, integratsiyalashgan boshqaruv tizimini joriy etish – bu sifat boshqaruvi, oziq-ovqat xavfsizligi, mehnat xavfsizligi va atrof-muhitni boshqarishni yagona samarali tuzilmada birlashtirish imkonini beradi.
Bu restoranga bir qator muhim foyda keltiradi:
1.Yagona jarayonlar boshqaruvi. Sifat tizimlari (ISO 9001), oziq-ovqat xavfsizligi (ISO 22000), mehnat xavfsizligi (ISO 45001) va ekologiya (ISO 14001) birlashmasidir, mahsulotlarni xarid qilishdan va saqlashdan tortib mehmonlarga xizmat ko‘rsatish, chiqindilarni utilizatsiya qilishgacha bo‘lgan barcha asosiy jarayonlarni standartlashtirish va soddalashtirish imkonini beradi.
2. Taomlarning sifati va xavfsizligini oshirish. Tayyorgarlik va xizmat koʻrsatishning barcha bosqichlarini qat’iy nazorat qilish, ovqatdan zaharlanish xavfini kamaytiradi va mijozlarning mamnunligini oshiradi.
3. Xodimlar ishini optimallashtirish. Aniq reglament va mas’uliyatni taqsimlash xodimlarga oʻz vazifalarini yaxshiroq tushunishga va muvofiqlashtirilgan tarzda ishlashga yordam beradi, bu esa xizmatni yaxshilaydi va xatolarni kamaytiradi.
4. Xarajatlarni kamaytirish va takrorlashni bartaraf etish. Birlashtirilgan hujjatlar va auditlar bir nechta alohida boshqaruv tizimlarini saqlash uchun vaqt va resurslarni tejaydi.
5. Qonuniy talablar va standartlarga muvofiqligi. Integratsialashtirilgan boshqaruv tizimi restoranga barcha sanitariya, ekologik va mehnat me’yorlariga rioya qilishga yordam beradi, bu esa jarima va sanktsiyalar xavfini kamaytiradi.
6. Imidjni yaxshilash va mehmonlarning ishonchini qozonish. Sifat va xavfsizlikni boshqarishda integratsiyalashgan tizimiga ega bo‘lish, ayniqsa yirik kompaniyalar va turoperatorlar bilan hamkorlikda, mijozlar va hamkorlar uchun ishonchining muhim omilidir.
7.Xavflarni boshqarish. Integratsiyalashgan boshqaruv tizimi- oshxona faoliyatida, xizmat koʻrsatish va mehnatni muhofaza qilishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, hodisalarning oldini olish imkonini beradi.
Restoranlarda integratsiyalashgan boshqaruv tizimini joriy etish - barqaror rivojlanish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda mehmonlar va xodimlar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishning samarali vositasi hisoblanadi.

