Turizm sohasida ekologik menejment - bu turizm faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’sirini minimallashtirish va barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqaruv tizimidir.
Turizm sohasida ekologik menejmentning asosiy vazifalarini quyidagicha ajratish mumkin.
1. Turizmning atrof-muhitga ta’sirini baholash - bu ommaviy turizmning ekotizimlar, resurslar va mahalliy aholiga ta’sirini tahlil qilishni oʻz ichiga oladi.
2. Barqaror turizm siyosatini ishlab chiqish - bu ekoturizmni rivojlantirish, mahalliy jamoalarni qoʻllab-quvvatlash hamda tabiiy va madaniy resurslarni saqlashga qaratilgan strategiyalarni shakllantirishdir.
3. Tabiatga salbiy ta’sirni kamaytirish - bu infratuzilma qurilishini nazorat qilish, sayyohlar oqimini boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan amaliyotlarni amalga oshirishdir.
4. Sayyohlarni oʻqitish va xabardor qilish - bu axborot kompaniyalarini tashkil etish, ekologik dasturlarni ishlab chiqish va treninglar oʻtkazish sayyohlarning xabardorligini oshirishga imkon beradi hamda joylarning tabiati va madaniyatiga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga yordam beradi.
5. Mahalliy jamoalar bilan oʻzaro aloqalar. Ularning manfaatlarini hisobga olish va qaror qabul qilish jarayoniga jalb qilish kerak. Bunga mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, jamoatchilik muhokamalarida ishtirok etish va barqaror turizmni rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali erishish mumkin.
6. Monitoring va samaradorlikni baholash atrof-muhit holati, sayyohlarning qoniqish darajasi va mahalliy aholiga ta’siri haqida ma’lumot toʻplashni oʻz ichiga oladi.
7. Innovatsion texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash - bu qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish, chiqindilarni yoʻq qilish tizimlarini joriy etish va ekologik toza transport echimlarini ishlab chiqishni oʻz ichiga olishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, turizm sohasida ekologik menejment barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim rol oʻynaydi. Uning vazifalarini samarali amalga oshirish nafaqat tabiiy va madaniy boyliklarni saqlab qolish, balki mahalliy jamoalarning rivojlanishiga koʻmaklashish, hayot sifatini yaxshilash hamda mas’uliyatli va ongli turizm uchun sharoit yaratish imkonini beradi.

