Axsikent yodgorligi — qadimiy shahar xarobasi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shahand qishlog‘i hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Axsikent shahri miloddan avvalgi III−II asrlarda vujudga kelgan, IX−X asrlarda Farg‘ona vodiysining poytaxti bo‘lgan.
Axsikent yodgorligida arxeologlar tomonidan qadimiy bir qancha topilmalar topilgan:
· metro uslubida qurilgan qadimiy yerosti yo‘laklari, rakovina, pol osti isitish tizimi, sopol quvurlar;
· X-XII asrlarga mansub hammom qoldiqlari;
· X-XII asrlarda faoliyat yuritgan yer osti suv inshootining kuzatuv punkti;
· XIII asrning boshlariga oid Xorazmshohlar davrida qurilgan mudofaa devori va turar joy qoldiqlari;
· XI-XII asrlarga oid pishiq g‘ishtdan qurilgan gumbazli tagxona va mahobatli turar joy qoldiqlari;
· Qoraxoniylar davriga oid pishiq g‘ishtdan qurilgan mahobatli turarjoy qoldiqlari, devoriy rasm namunalari, yerosti inshootlari va nodir qurilmalar;
· X-XII asrlarga oid turar joy qoldiqlari;
· o‘rta asrlarda butun Yevropaga “Damashq qilichlari” nomi bilan mashhur bo‘lgan qurollar.
Bugungi kunda qadimiy Axsikent yodgorligi YUNESKO butunjahon madaniy merosi obyekti hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ushbu yodgorlik jahon sayyohlik markaziga aylanmoqda. Keyingi yillardagi targ‘ibot, amalga oshirilgan ishlar natijasida ayni vaqtda «Axsikent»ga bir kunda 80-100 nafar sayyoh tashrif buyurmoqda. Ko‘zda tutilgan qurilishlar yakunida bu manzilga bir kunlik sayyoh tashrifi 20 barobarga ortib, 1600-2000 nafarga yetadi. Bu orqali bir yilda 600 000 - 800 000 sayyoh tashrifiga erishiladi.

