Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Xiva shahridagi “FAROVON KHIVA HOTEL” mehmonxonasiga 5 yulduz toifasi berildi.
Ushbu mehmonxona Xorazm viloyati, Xiva shahar, Qiyot maxalla, Buyuk yo‘l ko‘chasi, 1A-uy manzilida joylashgan.
“FAROVON KHIVA HOTEL” mehmonxonasi “KHIVA PLAZA” MChJ ga tegishli bo‘lib 212 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan 106 ta nomerdan iborat. 6 tasi “yuqori toifadagi”, 16 tasi lyuks, 8 tasi delyuks, 76 tasi standart nomerlar.
Mehmonxonada joylashtirishdan tashqari quyidagi qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi.
-
Transfer;
-
Nomerga ichimlik va yegulik yetkazish (room servis 24/7);
-
Bar;
-
Restoran;
-
SPA zona (sauna, basseyn);
-
Trenajor fitness zali;
-
Konserj xizmati;
-
Konferens va banket zallari;
-
Biznes xizmatlar;
-
Bolalar maydonchasi va enaga xizmati;
-
Tibbiy xizmat va boshqa mehmonlar uchun qulayllik yaratuvchi xizmatlar.