“Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” — fuqarolar yig‘inlari hududining mavjud tabiy, tarixiy-madaniy resurslari va xususiyatlari asosida turistik xizmatlar (turistik mahsulotlar) majmui shakllangan va ushbu hududga taqdim etiladigan maqom. Ushbu maqom berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 8-ilova Fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi to‘g‘risida Nizom asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘iniga turizm mahallasi maqomini berishdan asosiy maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
· fuqarolar yig‘inida azaldan saqlanib qolgan moddiy va madaniy merosini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlash, ilgari surish va targ‘ib qilish;
· xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish;
· turizmni barqaror rivojlantirish;
· turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
· mahalliy aholining madaniyati va an’analarini ommalashtirish;
· turizm mahallasining ekologiyasini hamda tabiiy boyliklarini asrash va yaxshilash;
· fuqaralor yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash;
· fuqarolar yig‘ini hududida yangi ish o‘rinlarini yaratish;
· doimiy ravishda turizm xizmatlari sifatini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish;
· turizm xizmatlarini ko‘rsatishda qonun talablariga rioya qilish.
Fuqarolar yig‘ini turizm mahallasi maqomini olishi uchun qo‘yiladigan talablar va shartlar quyidagicha:
a) fuqarolar yig‘ini hududida xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish uchun kamida 20 ta oilaviy mehmon uylarining mavjudligi;
b) fuqarolar yig‘ini hududida turistlarga kamida 5 ta sifatli turistik xizmatlarni taqdim etish (turar joy va (yoki) ovqatlanish xizmatlaridan tashqari);
c) fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy ishlab chiqarilayotgan esdalik sovg‘alari mahsulotlarini (kamida bitta savdo nuqtasi) sotish shoxobchalarini tashkil etish;
d) fuqarolar yig‘ini hududida turizmning quyidagi turlaridan birini tashkillashtirish:
e) ekologik (geoturizm);
f) agroturizm (qishloq);
g) etnografik;
h) madaniy va tarixiy;
i) fuqarolar yig‘ini hududida turistik ko‘rgazma obyektlarining mavjudligi;
j) fuqarolar yig‘ini hududida turistlar (ekskursantlar) xavfsizligini ta’minlash;
k) yo) turistlar uchun yaratilgan qo‘shimcha ko‘ngil ochar shart-sharoitlar (otlar, tuyalar, velosipedlar, kvadratsikllar, qayiqlar, katamaranlar va boshqalar ijarasi);
l) turizm to‘g‘risidagi normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish;
m) zarur infratuzilmaning mavjudligi (avtomobil yo‘llari, transport aloqasi, aloqa vositalari, ichimlik suvi, elektr energiyasi, Internet, sovuq mavsumda isitish tizimi);
n) hududda kuzatilishi mumkin bo‘lgan tabiiy hodisalar va xavfli hududlar to‘g‘risida ma’lumotlarning mavjudligi;
o) yil davomida turizm xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi;
p) zarur ko‘rsatkichlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjudligi;
q) birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi;
r) bosma shaklda turistik obyektlarni joylashish joylari xaritasi mavjudligi;
s) tashrif buyurishdan oldin turistlar tomonidan oilaviy mehmon uylari uchun joylarni bron qilish va fuqarolar yig‘ini hududida ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarga buyurtma berish imkoniyatining mavjudligi;
t) fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidabarcha uchun qulay joyida ma’lumot materiallari (varaqalar, bukletlar, risolalar, xaritalar va boshqalar) mavjudligi.

