O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “ O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-son qaroriga muvofiq joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan barcha shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehmonxonalar, tibbiyot muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va boshqa muassasalarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida, mazkur muassasalar maʼmuriyati tomonidan “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish orqali hisobdan o‘tkazishlari shart.
Hisobdan o‘tkazish avvalgidek 12 soat ichida emas, balki mehmonlarning ushbu joylashtirish vositasida bo‘lish muddatidan va kelish davriyligidan qatʼiy nazar, ular kelib joylashgan vaqtda amalga oshiriladi.
Mehmonxonalar, tibbiyot muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar rahbarlaridan mazkur tartibga qatʼiy rioya etishlari so‘raymiz.