“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK qoshidagi STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan Oʻz DSt ISO 13810:2023 (ISO 13810:2022, IDT) “Turizm va unga bogʻliq xizmatlar turlari. Sanoat, tabiiy, madaniy va tarixiy joylarga tashrif buyurish. Talablar va tavsiyalar” davlat standarti ishlab chiqildi. Mazkur davlat standarti O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2023-yil 28-iyuldagi 05-1573-son buyrug‘i bilan qabul qilindi.
Ushbu standart tashrif buyuruvchilar turistik obyektning madaniy, tarixiy yoki tabiiy qiymatining xususiyatlari toʻgʻrisida yoki xizmat, faoliyat yoki mahsulot hozir qanday rivojlanmoqda yoki oʻtmishda qanday rivojlanganini oʻrganishi uchun gid bilan yoki mustaqil ekskursiyalarni taklif qiluvchi xizmatlarni yetkazib beruvchilar uchun umumiy talablar va tavsiyalarni belgilaydi.
Ushbu standart tashrif sifati va xavfsizligiga va/yoki tashrif buyuruvchilar tajribasiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan turistik tashriflar va tegishli xizmatlar, obyektlar, uskunalar va operatsiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Standart joriy yilning 1-noyabrdan amalga joriy etiladi.