Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish barqarorligini namoyish etadi. U kompaniyaning xalqaro standartlar bilan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilishini va bajarishini tasdiqlaydi.
2023-yil sentyabr oyida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan Samarqand shahrida joylashgan “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Silk Road by Minyoun”, “Samarkand Regency Amir Temur”, “Wellness Park Hotel Sogd”, “Wellness Park Hotel Bactria” va “Wellness Park Hotel Afrosiyob” mehmonxonalari O‘z DSt ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” standarti talablariga muvofiqligi tasdiqlandi va muvofiqlik sertifikatlari topshirildi, shuningdek, joriy hafta davomida “Wellness Park Hotel Turon”, “Savitsky Plaza” va “Lia! Minyoun Stars of Ulugbek” mehmonxonalarida ham sertifikatlashtirish auditlari oʻtkazildi.
Sertifikatlashtirish auditlari oʻtkazish davomida mehmonxonalar samarali sifat menejmenti tizimiga ega ekanligi, doimiy yuqori xizmat sifati kafolatlanganligi va muntazam nazoratni ta’minlanganligi hamda mehmonlarga yuqori malakali xodimlar xizmat tomonidan koʻrsatilayotganligi yana bir bor tasdiqlandi.