ISO 9001:2015 xalqaro standarti Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻz DSt ISO 9001:2015 davlat standarti sifatida tan olingan.
O'z DSt ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq sertifikatlashdan o'tish va sertifikat olish tashkilotning samarali sifat menejmenti tizimiga ega ekanligini va mijozlarning talab va ehtiyojlarini qondira olishini tasdiqlaydi.
Mehmonxona biznesi bugungi kunda tez rivojlanayotgan va istiqbolli sanoatdir. Mehmonxona biznesining barqaror daromad keltira olishi tufayli mehmonxonalar va otellar soni yil sayin ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan “Tosh Travel Product” MChJ “Garnet Hotel”, “Michelin Hotel” MChJ “Michelin Hotel”, XK “Sunshine-Turon International LTD” MChJ Ramada mehmonxonalari Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha Turistik xizmatlarni sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi tarkibidagi boshqaruv tizimini sertifikatlashtirish organining mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtdilar.
Sertifikatlash auditidan o‘tish mehmonxonalar o‘z xizmatlari sifatiga alohida e’tibor qaratishini va doimiy takomillashtirishga intilishini tasdiqlaydi. Bu mehmonxonada samarali boshqaruv tizimi mavjudligidan dalolat beradi.