Joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Umumxalq xayriya hashari “Navro‘z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.
“Mahallamga 10 tup daraxt - mening tuhfam” shiori ostida Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi DUK xodimlari tomonidan mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlarini ekishga ko‘mak berildi.
Shuningdek, Toshkent botanika bog‘ining “O‘zbek-Xitoy piyozlari bog‘i”da qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish hamda bog‘larmi ko‘kalamzorlashtirish hamda 100-sonli maktab internati hududida daraxtlarni ekish, obodonlashtirish ishlarida yordam berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi farmoyishi ijrosi yuzasidan hashar doirasida obodonlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar reja asosida davom etmoqda.