«Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» DUKning 2024-yil 10-iyuldagi 175-sonli buyrug‘iga binoan «SAMARKAND TOURISTIC CENTRE» MChJning «HILTON GARDEN INN SAMARKAND SOGD» mehmonxonasi Oʻz MSt 125:2024 milliy standarti talablariga muvofiq baholandi.

Mehmonxona 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, yetti qavatli binoda joylashgan. Nomer fondi 92 ta nomer, 184 ta joydan iborat. Nomer fondida standart, oilaviy, lyuks va prezident lyuks turlaridagi nomerlar mavjud. Nomerlar zarur bo‘lgan mebel va inventarlar bilan jihozlangan. Mehmonxonada doimiy ravishda 73 ta malakali xodim faoliyat olib boradi.

Shuningdek mehmonxonada restoran, konferens-zal, sport va gimnastika zali, laundj bar, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotish do‘koni mavjud. Restoranda mehmonlar milliy va xalqaro taomlardan bahramand bo'lishlari mumkin. Mehmonxonada mehmonlar uchun avtoturargoh tashkil etilgan boʻlib nogironlar uchun alohida joylar ajratilgan. Hovliga yashil daraxtlar va manzarali o‘simliklar ekilgan. Mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida mehmonxona booking.com onlayn bron qilish xalqaro internet servisiga ulangan.

