Menejment tizimini qayta sertifikatlashtirish - bu menejmenti tizimining tanlangan standart talablariga muvofiqligini tekshirishdir. Qayta sertifikatlashtirish ilgari olingan sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarurdir. Qayta sertifikatlashtirish auditining maqsadi umuman menejment tizimining muvofiqligi va samaradorligini, shuningdek, sertifikatlashtirish sohasidagi doimiy yaroqliligini tasdiqlash hisoblanadi. Qayta sertifikatlashtirish auditini oʻtkazish uchun sertifikatlangan mijozning arizasi asos boʻladi.

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi Toshkent shahrida joylashgan “QUSHBEGI PLAZA” MChJga qarashli «QUSHBEGI PLAZA” mehmonxonasida Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini qayta sertifikatlashtirish auditini amalga oshirdi. Yuqori rahbariyat va xodimlar qayta sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va standartga muvofiqligini yana bir bor namoyish etdilar.

Zamonaviy yuqori raqobatbardosh global iqtisodiyot sharoitida menejment tizimining mavjudligi barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun zarur shartdir. Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq qayta sertifikatlashtirish va sertifikat olish tashkilotning samarali sifat menejmenti tizimiga ega ekanligini va oʻz mijozlarining ehtiyojlari va umidlarini qondirishga qodirligini tasdiqlaydi hamda iste’molchiga ularga koʻrsatiladigan xizmatlar standartlarga javob berishiga ishonch beradi, bu esa olingan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.


