Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashishni ham taqozo etadi. “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKda (keyingi oʻrinlarda – Markaz) O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunini oʻrganish hamda uning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida yigʻilish tashkil etildi.
Yig‘ilishni Markaz deriktori S.Xonbabayev qisqacha kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, byudjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini ta‘minlash lozimligi toʻgʻrisida gapirib o‘tdi.
Yigʻilishda Turizm qo‘mitasining Komplayens nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki audit bo‘limi bosh mutaxassisi T.Ravshanov “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘gʻrisida”gi Qonun talablari bilan Markaz xodimlarini tanishtirdi. Qonun 5 ta bob, 33 ta moddadan iborat boʻlib 2024-yil 6-dekabrdan kuchga kirgan. Qonunning asosiy maqsadi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Shuningdek, xodimlar faoliyatini toʻgʻri tashkil etish, manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi. Yigʻilish yakunida Markaz xodimlari tomonidan mavzuga oid savol-javoblar, muhokamalar o‘tkazildi.

