Bugungi kunda sifat menejmenti masalalari nafaqat respublika korxonalari va tashkilotlari, balki umuman davlatlar oʻrtasida iqtisodiy manfaatlarning markazida turibdi. Korxonalarda xalqaro amaliyot, ilgʻor gʻoyalar va zamonaviy sifat menejmenti usullarini qoʻllash juda muhim va dolzarbdir.
Samarqand viloyatidagi “Silk Road Samarkand” dam olish va turizm markazida joylashgan "Samarkand Touristic Center" MChJ O‘z DSt ISO 22000:2019 standarti boʻyicha sertifikatlashdan oʻtdi.
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKtarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirishorgani tomonidan “Seasons”, “El Sabor”, “Sky Bar”, “Yi Palace”, “Li Bai”, “Food Drink”, “Khamsa», “Marakand”, “Sumalak”, “Buston”, “Ayvon”, “Afrosiyob”, “Buyuk Samarkand”, “Rubaiy”, “Manzara”, “Rohat” restoranlariga muvofiqlik sertifikatlari berildi.
Yuqori rahbariyat va xodimlar, xususan, sertifikatlashtirish ishlari boʻyicha mas’ul,“Brendlash va sertifikatlashtirish” boʻlimi boshligʻiMamasadikov Behruz va bosh mutaxassis Axmedov Umid, sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va xalqaro standartga muvofiqligini namoyish etdilar.
Oʻz DST ISO 22000:2019 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini joriy etish va sertifikatlashtirishkompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifati respublika bozorida xizmatlar sohasida rivojlantirish, raqobatbardoshlik va yetakchi oʻrinlarni ta’minlashning strategik asosi sifatida koʻrilayotganining tasdigʻidir.