Birlashgan Arab Amirligining Etihad Airways aviakompaniyasi dunyodagi eng qimmat reysga 80,5 ming dollarlik chiptani sotuvga chiqardi. Aviakompaniya ma`lumotlariga ko'ra, bu pul evaziga xaridor Londondan Melburnga (Avstraliya) va ortga hashamatli reysni amalga oshirishi mumkin bo'ladi (uchish vaqti 24 soat atrofida).
Chipta narxi biznes-klassdagi standart o'rindiqni emas, balki besh yulduzli mehmonxonaning hashamatli xonasi sifatida jihozlangan qulay uch xonali lyuksni o‘z ichiga oladi. Samolyotda mehmonxona xonasidan kam bo'ladigan yagona narsa - bu ushbu xona maydonidir.
VIP yo‘lovchi keng ikki kishilik karavotli yotoqxona, yashash xonasi va dushli hammomdan foydalanishi mumkin. Yotoq xonasi va yashash xonasi keng ekranli televizorlar bilan jihozlangan.
Bu hali hammasi emas! Samolyot bortida VIP mijozga shaxsiy yordamchi xizmat qiladi, kechki ovqat esa samolyot bortining o‘zida shaxsiy oshpaz tomonidan tayyorlanadi.