Taqdim etilayotgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifati tashkilotning ish yoʻnalishi va sohasidan qatʻi nazar bozorda raqobatbardoshligining kalitidir. Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish - bu tashkilotning mehejment tizimining O‘z DSt ISO 9001:2015 standartida belgilangan talablariga muvofiqligini tasdiqlash tartibidir. Standart talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi - bu korxonaning oqilona boshqaruvining isboti boʻlib, uning yuqori sifatli xizmat koʻrsatayotganligining tasdigʻidir. Standart boʻyicha sertifikatlashtirish nafaqat korxonani boshqarish tizimini soddalashtirish va uni yanada samarali qilish, balki iqtisodiy samara olish imkonini ham beradi.

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi Toshkent shahrida joylashgan “THE TOWER HOTEL” MChJga qarashli “THE TOWER HOTEL” mehmonxonasi Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishni amalga oshirdi. Yuqori rahbariyat va xodimlar sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va standartga muvofiqligini namoyish etdilar.

“THE TOWER HOTEL” mehmonxonasi Oʻz DSt ISO 9001:2015 standart talablariga muvofiq sertifikatlashtirishni oʻtkazish davomida samarali sifat menejmenti tizimiga ega ekanligini va oʻz mijozlarining ehtiyojlari va umidlarini qondirishga qodirligini tasdiqlaydi hamda iste’molchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar normativlarga javob berishiga ishonch beradi, bu esa olingan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.

