Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish barqarorligini namoyish etadi. U kompaniyaning xalqaro standartlar bilan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilishini va bajarishini tasdiqlaydi.
Shu munosabat bilan, 2023-yil sentyabr oyida "Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK tarkibidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi Samarqand shahrida joylashgan “Samarkand Touristic Centre” MChJga qarashli “Wellness Park Hotel Bactria” va “Wellness Park Hotel Afrosiyob” mehmonxonalarida Oʻz DSt ISO 9001:2015 standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishni amalga oshirdi. Yuqori rahbariyat va xodimlar, xususan, sertifikatlashtirish ishlari boʻyicha mas’ul, “Brendlash va sertifikatlashtirish” boʻlimi boshligʻi Mamasadikov Behruz va bosh mutaxassis Axmedov Umid, sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori sifat va xalqaro standartga muvofiqligini namoyish etdilar.
Oʻz DSt ISO 9001:2015 standart talablariga muvofiq sertifikatlashtirishdan oʻtish va sertifikat olish tashkilotning samarali sifat menejmenti tizimiga ega ekanligini va oʻz mijozlarining ehtiyojlari va umidlarini qondirishga qodirligini tasdiqlaydi va iste’molchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar standartlarga javob berishiga ishonch beradi, bu esa olingan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.