Respublikaning olis hududlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turizm yo‘nalishiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish, ekstremal turizm xizmatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali aholini daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra Ziplayn-attraksionlar va kanat parklari (tayparklar) ni tashkil etganlar ularni qurish xarajatlarining bir qismini Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilishlari mumkin bo‘ladi.
Bunda Kanat parkini tashkil etganlik uchun to‘lov 80 mln so‘mni tashkil etadi, uning maydoni kamida 150 kvadrat metr bo‘lishi kerak. Uzunligi kamida 200 metr bo‘lgan ziplaynlar uchun esa subsidiya 100 mln so‘m beriladi.
Mazkur subsidiyalar 2025 yil 1-iyuldan 2027 yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Subsidiya olish tartibi to‘g‘risida batafsil quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

