Muborak Qurbon Hayiti kuni joriy yilning 16-20 Octabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi 25-yubiley sessiyasi veb-sahifasi ishga tushdi hamda tadbirga ro‘yxatdan o‘tish (“Register now”) boshlandi.
Bosh assableya rasmiy sahifasida xorijiy ishtirokchilar nafaqat tadbir dasturi bilan, balki O‘zbekistonga tashrif buyurish to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.
Shuningdek, tez kunlarda ushbu sahifada mezbon mamlakat – O‘zbekiston turizm salohiyati, madaniyati va merosi to‘g‘risida promo-roliklar va “Kun fotosi” yuklanadi.
Bosh assableya rasmiy sahifasiga ilova - https://www.unwto.org/event/general-assembly-twenty-fifth-session