Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Ayritom MFYda joylashgan yangi “Hilton Garden Inn Termez Airitom” joylashtirish vositasi sertifikatlashtirildi.

“Hilton Garden Inn Termez Airitom” mehmonxonasi 196 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan boʻlib 98 ta nomerdan iborat.
“Hilton Garden Inn Termez Airitom” – bu shahar shovqinidan yiroqda joylashgan tabiiy go‘zallik va atrof-muhitga do‘stlik bilan uyg‘unlashtirilgan, yashash uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan turar joyning keng tanlovi, zamonaviy va shinam xonalar, gurmanlar uchun o‘ziga xos gastronomiya hamda malakali xodimlar xizmatini o‘z ichiga olgan mehmonxona.

Kompleksda joylashtirishdan tashqari quyidagi qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi:
-
transfer xizmati;
-
bar (turli xildagi ichimliklar);
-
restoran;
-
fitness zali;
-
MICE turizm uchun konferens zallar.

