2024 yilgi jahon turizmi trendlari bilan tanishtirishni davom etamiz. Avval xabar berilgan trendlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Trend 4. O‘zingizni bilish va yangi narsalarni o‘rganish uchun sayohatga chiqing.
Mehmonxonalar Wellness dam olish, yoga va meditatsiya dasturlarini ishlab chiqishi, shuningdek, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil qilishi mumkin. Turoperatorlar esa - shaxsiy o‘sishga yo'naltirilgan sayohatlar, o‘quv kurslari, etakchilik bo‘yicha treninglar, qiziqarli odamlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi mumkin.
Trend 5. Moslashuvchan bron qilish va to‘lov shartlari
Mehmonxonalar sayyohlar uchun sanani va/yoki yo‘nalishni sezilarli jarimalarsiz o‘zgartirishi mumkin bo'lgan bron qilish shartlarini taklif qilishlari maqsadga muvofiq. Sayohatchilarga moliyaviy yukni kamaytirish uchun “hozir sotib oling, keyinroq to'lang” variantlari ham talabga ega bo‘ladi. Umuman olganda, sayyohlik sanoati ushbu trendga texnik yangiliklardan foydalangan holda tezda javob berish imkoniyatiga ega.
Trend 6. Mashhur filmlar yoki seriallar suratga olingan joyga borish
Turoperatorlar g‘ayrioddiy sayohat dasturlarini, shu jumladan ekskursiyalarda kino yaratish haqidagi hikoyalarni ishlab chiqish orqali filmlar va seriallarning mashhurligi to‘lqinidan foydalanishlari mumkin.