2025-yil 12–16-may kunlari O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Islom mamlakatlari Standartlashtirish va Metrologiya instituti (SMIIC) hamda Islom hamkorlik tashkilotining Ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi (COMSTECH) tomonidan tashkil etilgan “SMIIC xalqaro standartlari va mahsulotlar sinovlari bo‘yicha o‘quv kursi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur malaka oshirish kursida Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi xodimlari ishtirok etib, xalqaro standartlar va mahsulot sinovlari borasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.


