Turizm jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, valyuta tushumlari va ish o‘rinlarining muhim manbai bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarning, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik farovonligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Turizm odamlarni tabiat bilan bogʻlaganligi sababli, barqaror turizm ekologik mas’uliyat va tabiatni muhofaza qilishga yordam beradigan noyob qobiliyatga ega.
Butunjahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotlariga koʻra, barqaror turizm “turistlar, turizm industriyasi, atrof-muhit va mezbon jamiyatning ehtiyojlarini qondirish bilan birga oʻzining joriy va kelajakdagi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ta’sirini toʻliq hisobga oladigan turizm” deb ta’riflanadi.
Barqaror turizmning aniq ta’rifi yoʻqligini va har kim buni har xil tushunadi, deb tez-tez eshitishingiz mumkin. Ammo aniq qilib aytganda, bu turizm loyihalarini boshqarish usulidir, bunda barcha yaxshi va qadrli narsalar bizdan keyingi avlodlar uchun o‘sha shaklda qoladi. Ish safari, oilaviy bayramlar, ekoturizm – barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi muayyan mezonlarga javob bersa, barqaror bo‘lishi mumkin. Barqaror turizm turizmning “turi” emas va muayyan joylarda yuzaga kelmaydi, balki tashkilotni boshqarish va qarorlar qabul qilish ruhidir.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, yovvoyi tabiatni, oʻsimlik dunyosini, biologik xilma-xillikni, ekotizimlarni va madaniy xilma-xillikni saqlash va muhofaza qilishni ragʻbatlantiradigan va mahalliy hamjamiyatlarda farovonlik va daromadlarning oshishiga, mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladigan barqaror turizm faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va salohiyatni oshirish, shuningdek, inson yashash joylari va umuman tabiiy muhitni yaxshilash zarur.