2024-yil aprel oyi uchun inspeksiya nazorati rejasi tuzildi. Rejaga binoan respublikamizdagi 70 ta joylashtirish vositalarida inspeksiya nazorati o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 49-bandiga asosan “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan sertifikatlashtirilgan xizmatlarni inspeksiya nazorati rejasi tasdiqlanаdi.
Inspeksiya nazorati sertifikatlashtirish obyektida (joylashtirish vositasi) sertifikatlashtirish vaqtida belgilangan normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy qayta baholash hisoblanadi.
Inspeksiya nazoratida joylashtirish vositalari O‘z DSt 3220:2023 davlat standarti, toifaga ega mehmonxonalar esa O‘z DSt 3296:2023 standartlari talablariga muvofiqligi qayta baholanadi.
Inspeksiya nazorati yakuni bo‘yicha “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan standart talablariga mos kelmagan holatlarda sertifikatni amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinadi.