O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 49-bandiga binoan “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan shu yilning sentabr oyi uchun sertifikatlashtirilgan xizmatlarni inspeksiya nazorati rejasi tasdiqlandi.
Rejaga binoan yuqorida qayd etilgan oyda 67 ta joylashtirish vositalari va turoperatorlik tashkilotlarida inspeksiya nazorati o‘tkaziladi.
Inspeksiya nazorati sertifikatlashtirish obyektida (joylashtirish vositasi) sertifikatlashtirish vaqtida belgilangan normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy qayta baholash hisoblanadi.
Inspeksiya nazorati vaqtida joylashtirish vositalari O‘z DSt 3220:2017 va O‘zDSt 3296:2018 standartlari talablariga hamda ularda xizmat ko‘rsatadigan xodimlar O‘z DSt 3417:2019 va O‘z DSt 3418:2019 standartlari talablariga muvofiqligi baholanadi.
Inspeksiya nazorati yakuni bo‘yicha “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan standart talablari bajarilmagan holatlarda sertifikatni amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinadi.