14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan sizlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz! Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida o‘z jonini fido etib, xizmat qilayotgan barcha himoyachilarga minnatdorchilik bildiramiz.
Sizlarning fidoiyligingiz, jasoratingiz va Vatanimizga bo‘lgan sadoqatingizni chuqur qadrlaymiz. Har biringizning mehnatingiz va jasoratingiz Vatan tinchligi hamda xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Sizlar haqiqiy qahramonlarsiz!
Sertifikatlash markazi jamoasi nomidan sizlarga mustahkam sog'lik, baxt, quvonch va yangi yutuqlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi jamoasi!

