Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Andijon viloyatida joylashgan yangi “BOG‘ISHAMOL HOTEL” joylashtirish vositasi sertifikatlashtirildi.
“BOG‘ISHAMOL HOTEL” mehmonxonasi 111 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan boʻlib 96 ta nomerdan iborat.
“BOG‘ISHAMOL HOTEL” – bu yashash uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan turar joyning keng tanlovi, zamonaviy va shinam xonalar, gurmanlar uchun o‘ziga xos gastronomiya hamda malakali xodimlar xizmatini o‘z ichiga olgan mehmonxona.
Mehmonxonada joylashtirishdan tashqari quyidagi qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi:
- yer osti avtoturargoh
- transfer xizmati;
- bar (turli xildagi ichimliklar);
- restoran;
- SPA zona (sauna, massaj);
- fitness zali;
- basseyn
- MICE turizm uchun konferens zallar.
