Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Farg‘ona shahridagi yangi tashkil etilgan “SAFIR HOTEL” mehmonxonasiga muvofiqlik sertifikati hamda 3 yulduz toifasi berildi.

Ushbu mehmonxona Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, Moturudiy ko‘chasi, 30V/2-uy manzilida joylashgan.

“SAFIR HOTEL” mehmonxonasi “GRAND STAR FAYZ SD” MChJ ga tegishli bo‘lib 102 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan 51 ta nomerdan iborat. Shundan 24 tasi delyuks, 27 tasi standart nomerlar.

Mehmonxonada joylashtirishdan tashqari quyidagi qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi:
-
Transfer (kutib olish va kuzatib qo‘yish);
-
-
Nomerga ichimlik va yegulik yetkazish:
-
-
Restoran;
-
-
SPA zona (sauna, basseyn);
-
-
Trenajor zali;
-
-
Biznes xizmatlar;
-
-
Tezkor kiyim yuvish, dazmol bosish hamda kimyoviy tozalash xizmati.

