Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat muassasasi tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan yangi “FAMILY HOUSE” joylashtirish vositasi sertifikatlashtirildi.

“FAMILY HOUSE” joylashtirish vositasi apartotel turida tashkil etilgan bo‘lib, 60 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan (6 ta bir xonalik, 18 ta ikki xonalik va 3 ta uch xonalik) jami 27 ta apartnomerlardan iborat.
“FAMILY HOUSE” – bu uzoq muddat yashash uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan turar joyning keng tanlovi, zamonaviy va shinam xonalar, to‘liq jihozlangan oshxona, kir yuvish mashinasi, dazmol va dazmol bosish taxtasi, har bir nomer uchun alohida
Wi-Fi tizimi, xavfsiz hudud hamda malakali xodimlar xizmatini o‘z ichiga olgan mehmonxona.

Shuningdek, Qarshi temir yo‘l vokzali hamda Qarshi xalqaro aeroporti bilan masofa yaqinligi ham qulay lokatsiyada joylashuvini anglatadi.


