“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan joriy yilning 28-iyun kuni “INTERHOTEL” MChJ ga tegishli “INTERNATIONAL HOTEL TOSHKENT” mehmonxonasida inspeksiya nazorati oʻtkazildi. Mehmonxona O‘z DSt 3220 davlat standarti talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan va muvofiqlik sertifikatiga ega.

Mehmonxona zamonaviy uslubda bezatilgan. Mehmonxonaning nomer fondi 174 ta nomerdan iborat bo‘lib, bir vaqtda 348 ta mehmonni qabul qilishga mo‘ljallangan. Joylashtirishdan tashqari mehmonxonada quyidagi qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi: 2 ta restoran, 7 ta konferens zal, 3 ta bar, trenajor zal, basseyn, sauna va massaj xonalari, gozalik saloni, transfer va kimyoviy tozalash. Yashovchilarga qulaylik yaratish maqsadida mehmonxona hududida avtoturargoh faoliyat yuritadi. Shuningdek mehmonxonada bir necha boʻlinmalar ham faoliyat yuritadi va har bir boʻlinma oʻziga xos uslubda bezatilgan.

O‘tkazilgan inspeksiya nazorati natijalariga binoan “INTERNATIONAL HOTEL TOSHKENT” mehmonxonasining Oʻz DSt 3220 davlat standarti talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.



