Joriy yilning oktabr oyida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Toshkent shahrida joylashgan “WYNDHAM GARDEN TASHKENT” mehmonxonasida O‘z MSt 125:2024 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” milliy standarti talablariga muvofiq tasniflash ishlari o‘tkazildi.
“WYNDHAM GARDEN TASHKENT” mehmonxonasining nomer fondi 103 ta nomerdan iborat bo‘lib, ulardan 64 tasi standart nomer, 33 tasi yarim lyuks va 6 ta lyuks nomerlar. Jami 206 ta joydan iborat.
Sertifikatlashtirish davomida mehmonxonada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mehmonxonaning holati va jihozlanganligi, xavfsizlikni ta’minlash tizimi talablariga rioya qilishi, taqdim etilayotgan xizmat turlari, xodimlarning malakasi, ularning o‘z lavozim yo‘riqnomalarini bilishlari va unga rioya qilishlari va boshqa zarur talablar bo‘yicha baholash ishlari olib borildi.

