Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Toshkent shahri markazidagi “STYLO RESIDENCE&SUITE” mehmonxonasiga muvofiqlik sertifikati berildi.
Ushbu mehmonxona Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 66a-uy manzilida joylashgan.
“Stylo Residence&Suite” mehmonxonasi “STYLO” MChJ ga tegishli bo‘lib 100 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan 40 ta nomerdan iborat. Barcha nomerlar apartament tipida.
Mehmonxonada joylashtirishdan tashqari quyidagi qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi.
-
Yerosti avtoturargoh;
-
Nomerga ichimlik va yegulik yetkazish (room servis 24/7);
-
24/7 qo‘riqlanadigan yopiq hudud
-
Terassa;
-
Restoran-bar;
-
Trenajor fitness zali;
-
Har bir nomerda barcha kerakli jihozlarga ega oshxona
-
Biznes xizmatlar;
-
Bolalar maydonchasi va “Green Park” hududiga ega;