O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-dekabrdagi “Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida “sayohat.uz” — Milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqildi.
U orqali sayyohlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
-
joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va baholash;
-
turoperatorlar, turagentlar va gid xizmatlaridan foydalanish;
-
-
taksi va avtotransport ijarasi xizmatlariga ulanish;
-
-
chiptalarni (avia, temir yoʼl, avtobus, muzey va madaniy obʼektlar) xarid qilish;
-
-
milliy va xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish;
-
-
statistik maʼlumotlarni real vaqtda kuzatish.
Platforma 2025-yil 1-sentabrdan sinov tariqasida ishga tushirildi va 1-dekabrdan to‘liq faoliyat boshlaydi.
Platformadagi ma’lumotlar 14 ta xorijiy tilda tarjima qilinib, “Uztrans” tizimi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Uzbekistan Airways” va boshqa tashuvchilarning chipta sotib olish tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

