Muvaffaqiyatli korxonalar past sifatli xizmat ko‘rsatish xavfini kamaytiradigan, samarali ishlaydigan menejment tizimini yaratadilar.
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi tarkibida 2021-yil 12-iyulda Davlat reyestrida O‘zAK MT.0013 raqam ostida ro‘yxatdan o‘tgan menejment tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha organ (keyin – MT SO) akkreditatsiyadan o‘tgan.
MT SOning faoliyat doirasi mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari, tog‘-chang‘i trassalari, plyajlar kabi turizm obyektlari, ovqatlanish obyektlari, shu jumladan, restoranlar va boshqa obyektlarni akkreditatsiya doirasiga muvofiq quyidagi standartlar bo‘yicha menejment tizimini sertifikatlashtirishni o‘z ichiga oladi:
⇒ O‘z DSt ISO 9001 standarti afzalliklari:
-
tashkilotda boshqaruv sifatini oshiradi;
-
-
ishlab chiqarish jarayonlarini mijozlar uchun shaffof qiladi;
-
-
korxona samaradorligini oshiradi;
-
-
xavflarni kamaytiradi;
-
-
korxona maqomini oshiradi.
⇒ O‘z DSt ISO 14001 standarti afzalliklari:
-
tabiiy resurslardan samaraliroq foydalaniladi va harajatlar kamayadi, binobarin, tashkilotning samaradorligi oshadi;
-
-
standartni joriy qilish orqali atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiluvchi mas‘uliyatli va ekologik toza korxona maqomini qo‘lga kiritadi;
-
-
korxona atrof-muhitni boshqarish tizimlari qonun talablariga muvofiqligini jamoatchilik va mijozlarga yaqqol namoyish etadi.
⇒ O‘z DSt ISO 22000 standarti afzalliklari:
-
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatni yanada samarali nazorat qiladi;
-
-
mijoz talablari va qonuniy talablarga muvofiqligini kafolatlaydi;
-
-
mijozlar, iste‘molchilar va manfaatdor tomonlarning ishonchini oshiradi;
-
-
xavflarni yaxshiroq boshqaradi.
⇒ O‘z DSt ISO 45001 standarti afzalliklari:
-
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimini yaratadi, saqlaydi va takomillashtiradi;
-
-
ishchilar va ularning faoliyati bilan bog‘liq ishlab chiqarish omillari xavfiga duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa manfaatdor shaxslar uchun xavflarni bartaraf etadi yoki minimallashtiradi;
-
-
tashkilotning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik sohasida siyosatini amalga oshiradi.
⇒ O‘z DSt ISO 50001 standarti afzalliklari:
-
energiya samaradorligini baholashda shaffoflik va xolislik;
-
-
harajatlarni kamaytiradi.
-
-
atrof-muhit ifloslanishini kamaytiradi va tabiiy resurslarni saqlaydi.
Hozirgi davrgacha 43 ta joylashtirish vositalariga O‘z DSt ISO 9001 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” standartiga muvofiq sertifikatlar topshirildi.