Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz turizm salohiyatini rivojlantirishga hamda tadbirkor-investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaratishga qaratilayotgan e‘tibor tufayli, turizm faoliyatlaridan biri bo‘lgan plyaj xizmati mamlakatimizda ilk bora sertifikatlashtirildi.
Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan shu yil avgust oyida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chorvoq suv ombori sohilida joylashgan PYRAMIDS RESORTS plyajiga muvofiqlik sertifikati berildi.
PYRAMIDS RESORTS plyaji “VIP LOGISTICS” MCHJ QKga tegishli “CHORVOQ OROMGOHI” dam olish zonasining bir qismi hisoblanadi. Plyaj bir vaqtning o‘zida 2000 nafar kishini qabul qilishga mo‘ljallangan o‘ng va chap sohillardan iborat. Ushbu plyaj O‘z DSt 13009:2021 “Turizm xizmatlari. Plyaj faoliyatiga doir talablar va tavsiyalar” davlat standarti talablariga mos keladigan, dam oluvchilar xavfsizligi ta’minlangan, qulayliklarga ega zamonaviy tarzda tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun andoza sifatida xizmat qila oladi.

