Mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, sohaga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, modulli mehmonxonalarni tashkil qilishda tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash hamda togʼli va chekka hududlarda turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 sentabrdagi 572-son qarori bilan “Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomi” tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga ko‘ra 2024 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 31 dekabrga qadar tadbirkorlik subʼektlari tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash
(rekonstruktsiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qoʼllab -quvvatlash jamgʼarmasidan bir martalik subsidiya ajratish tartibi belgilamoqda.
Bunda subsidiya 2024 yil 1 oktabrdan 2026 yil 1 noyabrga qadar bo‘lgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 mln so‘m miqdorda ajratiladi.
Qaror bilan batafsil quyidagi https://lex.uz/pdfs/7102971 havola orqali tanishib chiqish mumkin.

