O‘zMSt 125:2024 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” milliy standarti asosida Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan Toshkent shahrida joylashgan “CROWNE PLAZA TASHKENT” mehmonxonasiga 3 *** yulduz toifasi berildi.

Mazkur standart Oʻz DSt 3296:2023 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” standarti o‘rniga joriy yilning 28-mart sanasidan amalga joriy etilgan. Standartning afzallik jihati milliy standartning ilovasiga muvofiq tasniflanadi, “m” bajarilishi majburiy bo‘lgan talablar asosida ball yig‘iladi va ixtiyoriy talablar bajarilganda esa qo‘shimcha ballar beriladi. Ballar yig‘indisiga ko‘ra tegishli yulduz toifasi beriladi.

“CROWNE PLAZA TASHKENT” mehmonxonasi Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Zulfiyaxonum ko‘chasi, 17-uy manzilida joylashgan bo‘lib, 200 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan barcha qulayliklarga ega bo‘lgan shinam 100 ta nomerdan iborat. Nomerlar standart, yarim lyuks, lyuks va premium tipida.
Mehmonxonada joylashtirishdan tashqari quyidagi qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi:
- 24/7 qo‘riqlanadigan hudud;
- Avtoturargoh;
- Elektromobillar uchun zaryadlash shaxobchasi;
- Transfer xizmati;
- Konserj xizmatlari;
- Konferens zallari va biznes xizmatlar
- Restoran va bar;
- Nomerga ichimlik va yegulik yetkazish (room servis 24/7);
- SPA zona (yopiq basseyn, sauna, gidromassaj);
- Trenajor fitness zali.


