Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq Markazga turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish maqsadida 500 dan ziyod tadbirkorlik subyektidan ariza kelib tushdi.
Tegishli qarorga ko‘ra standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga turizm xizmatlarining muvofiqligini baholash maqsadida turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi 477 ta tashkilotda muvofiqlikni baholash o‘tkazildi.
Hisobot davrida 485 ta tashkilotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi. Shundan 463 ta joylashtirish vositasti xizmatlari, 22 ta turoperatorlik xizmatlari.
Jumladan:
-
172 tasi yangi joylashtirish vositalari (umumiy nomer fondi 6109 ta xona/12522 ta joy);
-
-
241 tasi qayta sertifikatlashtirishdan o‘tgan joylashtirish vositalari;
-
-
12 ta ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari ro‘yxatini kengaytirgan joylashtirish vositalari
-
-
38 ta tashkilotning muvofiqlik sertifikati sertifikatlashtirish arizasida ko‘rsatib o‘tilgan sertifikat egasining joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargani sababli qayta rasmiylashtirildi.
-
-
Shuningdek 5 ta 3 yulduz, 6 ta 4 yulduz va 3 ta 5 yulduz toifali sertifikat rasmiylashtirilib jami 14 ta joylashtirish vositasiga toifa berildi.
-
-
Shu bilan birga turizm xizmatlarini sertifikatlashtirishda 214 ta tashkilotda (mehmon-xona xizmatlari) belgilangan talablarga nomuvofiqlik aniqlandi. Nomuvofiqliklar bartaraf etilmaganligi sababli 21 ta tashkilotga (mehmonxona xizmatlari) sertifikat berish rad etildi.
-
-