Chiqish turizmi - bu oʻz davlatidan tashqarisiga sayohat qilishni oʻz ichiga olgan dam olish yoki sayohatning har qanday shakli. Globallashuv va koʻplab davlatlar tomonidan viza rejimlarini soddalashtirish tufayli xalqaro sayohat soʻnggi yillarda juda ham ommalashdi. Bugungi kunda chiqish turizmi nafaqat dam olish turi, balki davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar shakllaridan biri hisoblanadi. Sayohat mustaqil yoki turoperator orqali tashkil etilishi mumkin.
Chiqish turizmining maqsadlari - plyajda dam olish, togʻ-changʻi kurortlarida dam olish, ekoturizm, sogʻlomlashtirish turizmi, tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylarga, muzeylarga, teatrlarga tashrif buyurish, ish yuzasidan uchrashuvlar, konferensiyalar, koʻrgazmalarga tashrif buyurishdan iborat. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi bilan ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni oʻrnatish maqsadida ish yuzasidan chiqish turizmi tobora ommalashib bormoqda.
Chiqish turizmi davlatlar tomonidan iqtisodiy rivojlanish vositalaridan biri sifatida qaraladi. Chet ellik sayyohlar tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirib, qabul qiluvchi davlat byudjetiga xorijiy valyutani taqdim etadilar va shu bilan uning toʻlov balansini faollashtiradilar. Chiqish turizmi mamlakatlar va mintaqalarga daromad keltiradi, infratuzilmaning rivojlantirishini kuchaytiradi va yangi ish oʻrinlarini yaratadi.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 30 ta mamlakatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin. Bundan tashqari 43 ta mamlakatga soddalashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati yaratilgan.