Har bir tajribali mehmonxona egasi ilg‘or mehmonxonada ko‘p narsa xonani to‘qimachilik bilan to‘ldirishga bog‘liqligini biladi. Aynan shu yerda mehmon ijobiy yoki salbiy his – tuyg‘ularni his etadi va oxir-oqibat bu yerga yana qaytib kelish yoki qulayroq narsani izlash bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Shu munosabat bilan, har bir mehmonxona egasi tashrif buyuruvchilarga qulay bo‘lishi uchun xonani qanday mahsulotlar bilan ta'minlash kerakligini yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak.
Mehmonxona toifasidan qat’iy nazar, har bir xonada paxmoq sochiqlar bo‘lishi kerak, ya’ni bu mehmon baholaydigan asosiy mezonlardan biridir. Mehmonda ijobiy taassurotlarni qoldirish uchun to‘g‘ri paxmoq mahsulotlarni qanday tanlash kerak, shuningdek mehmonxonalar uchun sochiqlar va xalatlar bir mavsumdan ko'proq xizmat qilishi uchun matoni qanday jihatlarini hisobga olish kerak?
Sochiq va xalatlarning yumshoqligi, chidamliligi, gigroskopikligi va xizmat qilish muddati kabi xususiyatlar nafaqat foydalanuvchiga ta’sir qiladi balki daromadga ham ta’sir qiladi.
Mehmonxonalar uchun paxmoq sochiq va xalatlarni tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
• tabiiylik. Mehmonxonalar uchun paxmoq sochiqlar va xalatlar 100% paxtadan iborat bo‘lishi kerak. Agar sintetik tolali sochiqlarni tanlasangiz, chidamlilik yuqori bo‘ladi, ammo yana bir ko'rsatkich zarar ko‘radi – gigroskopiklik (namlikni yutish darajasi). Sochiq tabiiy ingredientlardan iborat bo‘lishi juda muhim, chunki ular sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi va allergik reaktsiyaga olib kelmaydi.
• siqilishga chidamlilik. Yuvgandan keyin sochiqlar hajmi sezilarli darajada kamaymasligi uchun muhim.
Tabiiy tolali 70x140 sm o'lchamdagi oddiy sochiq 10% ga kamayadi. Professional sochiq esa faqat 1-2%, chunki u oldindan qisqarish texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi. Dastlab u kattaroq hajmda ishlab chiqariladi, keyin u sun’iy ravishda kichraytiriladi. Bu yuvish sikli juda yuqori bo'lgan mehmonxonalar uchun juda muhimdir. Professional sochiqlar, maxsus texnologiyasi 95 °C haroratda yuvishga bardosh bera oladi, 40-60 °Cda tozalash qiyin bo‘lgan kosmetikadan qolgan dog'lar tashvishsiz ketkazish mumkin bo‘ladi.
• oqlik ko‘rsatkichi. Oppoq paxmoq sochiqlar va xalatlar otellar va mehmonxonalar bilan bog‘lanadi. Mahsulotlarning oq rangi afzal ko‘riladi, chunki bo‘yoqlar allergiyaga olib kelishi mumkin. Etalonga ko‘ra, sochiqlarning oqlik foizi kamida 80% bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, tikilishi, yuqori gigroskopikligi, optimal zichligi ham sochiq va xalatlarni tanlashda muhim ko'rsatkichlar hisoblanadi.